Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/09/2026
Chop etish
Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Turkiyaning 10 dan ortiq universitetidan 40 dan ziyod professor-o‘qituvchi hamda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.

Konferensiyaning ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Dilmurod Xudayshukurov, JDPU rektori, professor Maksudjan Yuldashev hamda Nejmiddin Erbakan universiteti professori Birol Merjan so‘zga chiqdi. Ta’kidlanganidek, konferensiya O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

\ \ \

Anjuman doirasida JDPU rektori Turkiyaning qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va olimlari bilan uchrashib, ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Konferensiya mehmonlari universitet hududi va infratuzilmasi bilan tanishdilar. Xususan, «Invitro» laboratoriyasi, o‘quv xonalari, sport inshootlari, futbol maydonlari va suzish havzasi, kutubxona hamda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, «Professorlar bog‘i»da tashkil etilgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Konferensiyaning yalpi majlisi va ilmiy seksiyalarida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, ta’lim, turkiy tillar va adabiyot, tarixiy-madaniy meros, Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati, barqaror rivojlanish, ekologiya va xalqaro hamkorlik kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etib, tajriba almashdilar.

V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi bilan bir qatorda, O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.


Ulashish:
10
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Turkiyaning 10...
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.