E’lonlar
E’lonlar
|
06/12/2025
Chop etish
RASMIY E’LON.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Anadolu universiteti (Turkiya) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun Onlayn Turk Tili Tayyorlov Kursi  yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur loyiha turk tilini zamonaviy va sifatli o‘rganish, xalqaro akademik muhitga moslashish hamda kelgusida akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kurs haqida qisqacha ma’lumot:

  • Ta’lim onlayn formatda olib boriladi

  • O‘quv jarayoni Anadolu universitetining rasmiy platformasi orqali tashkil etiladi

  • Hozircha 1-dars (boshlang‘ich modul) bilan tanishish imkoniyati mavjud

  • Jonli darslar keyingi bosqichda yo‘lga qo‘yiladi va dars yozuvlari platformaga joylashtiriladi

 Professor-o‘qituvchilar va talabalar ro‘yxatdan o‘tish muddati:

2025-yil 10-dekabrga qadar

Ro‘yxatdan o‘tish uchun maxsus havola: 👉 https://drive.anadolu.edu.tr/apps/forms/s/3qErfmKYQx2K2jFpAiqmknsd

Mazkur kursda ishtirok etishni istagan hamda ro‘yxatdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar va talabalar Jizzax davlat pedagogika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari zarur.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan:

         Kurslarga ulanish imkoniyatlari, ro‘yxatga olish bo‘yicha yo‘riqnomalar, Anadolu universiteti platformasiga ulanish jarayoni haqida batafsil tushuntiriladi.

Tel: +99891 209-07-66

Telegram nik: @Sharof0766

Nufuzli xalqaro hamkor bilan turk tilini o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


Ulashish:
1 281
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.