Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy fanlar hamda Aniq fanlar pedagogika oliy maktablari jamoalari ishtirok etdi.
Universitet rektori tomonidan o‘tilgan mashg‘ulotlarda, ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirish va xorijiy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
















Shuningdek, malakali mutaxassis Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich tomonidan zamonaviy rahbarlik, jamoani samarali boshqarish, vazifalarni oqilona taqsimlash va samarali qarorlar qabul qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.








Seminar davomida yangi o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda zamonaviy va innovatsion yondashuvlarga asoslangan dars ishlanmalarini ishlab chiqish yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
