Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bugun,7-oktyabrr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Memorandum doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini tubdan yaxshilash belgilab olindi.

Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion hamkorlikni tashkil etish hamda uni yanada rivojlantirish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Mazkur memorandum ikki universitet o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, sport sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sari muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
1 524
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.