Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2023
Chop etish
Oʻzbekistondagi rus tili oʻqituvchilari uchun konferensiya tashkil etildi.

Ayni paytda Buxoro shahrida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahar tashqi iqtisodiy va xaqaro aloqalar boshqarmasi  tomonidan tashkil etilgan rus tili o‘qituvchilari uchun “Rus tilini o‘qitishdagi zamonaviy lingvodidaktik innovatsiyalar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiya Joriy yilning 17-20 noyabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir dasturida rus tilini, jumladan, rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning dolzarb mavzularida yalpi majlis, mahorat darslari va interaktiv ma’ruzalar o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.

Mazkur anjumanda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Qo‘shma ta’lim dasturlari kafedrasi mudiri Marlen Jelyalov ham ishtirok etmoqda.

Tadbir Rossiya Federatsiyasining Moskva shahar tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi


Ulashish:
1 224
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.