Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2022
Chop etish
“Oʻzbek mumtoz qoʻshiqchiligida ijrochilik uslublari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Musiqa madaniyati fakulteti, Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan mahorat darsida  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir – Nuriddin Aminjonov , Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor  – Ahmadjon Dadayev, Oʻzbekiston xalq hofizi – Isroil Vahobov, Jizzax viloyat namunali maqom ansambli, Eson Lutfullayev nomidagi Jizzax davlat padagogika universiteti talabalar maqom ansambli jamoalari va talabalar ishtirok etishdi.

Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  mahorat darsida taniqli kompozitor va bastakorlar hamda maqom ustalari tomonidan o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi, maqom san’ati xususida talaba  yoshlarga keng va atroflicha tushunchalar berish bilan bir qatorda jonli ijroda maqomlardan kuylab ham berishdi.

Mahorat darsi davomida yurtimiz musiqa san’ati hayotidagi yangiliklar, kompozitorlar ijodi, o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi haqida  ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ustoz san’atkor bilan muloqotda yoshlar milliy musiqachiligimiz borasida fikr mulohazalarini bildirdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. Mazkur tadbir yoshlarning mavzu doirasidagi bilim va tushunchalarini boyitish bilan birga, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

 


Ulashish:
1 760
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.