E’lonlar
E’lonlar
|
11/08/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim pedagogika oliy maktabiga pedagog xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 273-son buyrug‘iga asosan Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim pedagogika oliy maktabiga pedagog xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi
Tanlov Maktabgacha ta’lim va Boshlang’ich ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi fan oqituvchilari uchun tashkil etiladi:

1. Tanqidiy-ijodiy fikrlash va dizayn – 2 nafar
2. Ingliz tili – 8 nafar
3. Bola rivojlanishi va psixologiyasi – 1 nafar
4. Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar – 2 nafar
5. Ta’lim, jamiyat va madaniyat – 2 nafar
6. O’qitish va o»rganish – 2 nafar
7. O’zbekistonning eng yangi tarixi – 1 nafar
8. Rivojlantruvchi ta’lim muhitini shakllantrish – 1 nafar
9. Jismoniy rivojlanish, sog’liq va farovonlik – 1 nafar
10. Maktabgacha tanlov fani A – 1 nafar
11. Ona tili – 2 nafar
12. Matematika – 1 nafar
13. Tabiiy va ekologik ta’lim – 1 nafar
14. Ijtimoiy fanlar ta’limi – 1 nafar

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
ma’lumotnoma (telefon raqam ko‘rsatilgan holda);
ilmiy darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, fan nomzodi,
tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)
darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga);
ilmiy unvongа egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lgan taqdirda);
ishtirokchining ilmiy ishlari va ixtirolari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar ro‘yxati;
til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Tanlovga hujjatlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi
Hujjatlar onlayn tarzda info@jdpu.uz elektron pochtasi orqali hamda bevosita Universitet bosh binosi 404-xonada qabul qilinadi.
Manzil: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy, JDPUning bosh binosi 4-qavat 404-xona
Telefon: (72) 226-59-94.  +99899 238 07 10


Ulashish:
768
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.