E’lonlar
E’lonlar
|
11/08/2026
Chop etish
Kitobxonlar tanlovi: ishtirok etish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

Kitobxon yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.

1-bosqich — saralash bosqichi

Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlardan arizalar qabul qilinib, ular “Mutolaa” platformasidagi test sinovlari, “Davra” va “Marra” tizimlaridagi faolligi asosida saralanadi.

Tanlov ishtirokchilari uchun ikki yosh toifasi bo‘yicha alohida kitoblar ro‘yxati shakllantiriladi. Aprel–oktyabr oylari davomida, ya’ni 7 oy mobaynida har oy:

  • 1 ta majburiy kitob o‘qiladi va u bo‘yicha 30 ta test savoli beriladi;

  • har bir to‘g‘ri javob 2 balldan, jami 60 ballgacha baholanadi;

  • 4 ta ixtiyoriy kitobni o‘qish orqali 15 ballgacha to‘plash mumkin;

  • “Marra” tizimidagi muntazam mutolaa uchun 15 ball beriladi;

  • “Davra” tizimida kitoblar bo‘yicha yozilgan tahliliy fikr va sharhlar uchun 10 ballgacha beriladi.

Shu tariqa, ishtirokchi har oy 100 ballgacha to‘plashi mumkin.

7 oylik natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh — har bir yosh toifasidan 100 nafardan ishtirokchi — tanlovning respublika yakuniy bosqichiga yo‘llanma oladi.

2-bosqich — respublika yakuniy bosqichi

Yakuniy bosqich Toshkent shahrida markazlashgan holda o‘tkaziladi. Har bir yosh toifasida 100 nafar ishtirokchi o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi.

G‘oliblar 40 ta test savoli asosida aniqlanadi. Yakuniy bosqich test savollari Respublika tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, 40 ta testni bajarish uchun sarflangan vaqt inobatga olinadi. Testni qisqa vaqtda bajargan ishtirokchi yuqoriroq o‘ringa qo‘yiladi.

🏆 Tanlov natijalarini tasdiqlash

Tanlov yakunida g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Komissiya bayonnomasida rasmiylashtiriladi.

Tanlov natijalari Komissiya bayonnomasi bilan tasdiqlanib, Tashkilotchilarning mas’ul vakiliga taqdim etilganidan so‘ng yakuniy va hal qiluvchi hisoblanadi.


Ulashish:
475
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq...
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...