O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 273-son buyrug‘iga asosan Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar pedagogika oliy maktabiga pedagog xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov Boilogiya, Geografiya, Fizika va Kimyo mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi fan oqituvchilari uchun tashkil etiladi:
1. Ta’lim, jamiyat va madaniyat 1 nafar
2. Ingliz tili 10 nafar
3. Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar 2 nafar
4. Botanika 1 nafar
5. Hisob 1 nafar
6. O’qitish va o’rganish 3 nafar
7. Tanqidiy ijodiy fikrlash va dizayn 1 nafar
8. O’quv dala amaliyoti 1 nafar
9. Fizika 1 nafar
10. Amaliy o’zbek tili: kasbiy va ilmiy sohalarda qo’llanishi 1 nafar
11. Umumiy kimyo 1 nafar
12. Iqlimshunoslik 1 nafar
13. Gidrologiya 1 nafar
14.Tabiiy geografiya 1 nafar
15. Mehanika 1 nafar
16. Molekulyar fizika 1 nafar
17. Chiziqli algebra va analitik geometrya 1 nafar
18. Umumiy Fizika 1 nafar
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
ma’lumotnoma (telefon raqam ko‘rsatilgan holda);
ilmiy darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, fan nomzodi,
tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)
darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga);
ilmiy unvongа egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lgan taqdirda);
ishtirokchining ilmiy ishlari va ixtirolari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar ro‘yxati;
til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Tanlovga hujjatlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi
Hujjatlar onlayn tarzda info@jdpu.uz elektron pochtasi orqali hamda bevosita Universitet bosh binosi 404-xonada qabul qilinadi.
Manzil: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy, JDPUning bosh binosi 4-qavat 404-xona
Telefon: (72) 226-59-94. +99899 238 07 10
