Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/07/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Tesol Asia International” kompaniyasi hamkorligida o‘qituvchilar  malakasi va padagogik mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturi to‘rt oylik o‘quv kursidan iborat bo‘lib, kursni 22 nafar ingliz tili o‘qituvchilari yakunlashdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Tesol Asia International” kompaniyasi hamkorligida o‘qituvchilar  malakasi va padagogik mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv kursi yakunlanib, o‘qituvchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Barcha sohalarda xalqaro hamkorlikning kengayayotgani xoriy tillarni bilishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Tabiiyki, bu jarayonda ta’lim muassasalarining o‘rni va ahamiyati katta. Shu bois ham chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatlariga ega bo‘lish talabi qo‘yiladi

Ma’lumki, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi ularning malakasiga qarab belgilanishi joriy etilgan, ya’ni xalqaro sertifikatlarning dastlabki va o‘rta darajasini olgan pedagoglarga 40 %, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilarga 50 % ustama belgilanadi. Bu esa har bir pedagog kadrdan o‘z ustida ishlash, o‘qish, o‘rganish, mahoratini oshirishni talab etadi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Tesol Asia International” kompaniyasi hamkorligida o‘qituvchilar  malakasi va padagogik mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturi to‘rt oylik o‘quv kursidan iborat bo‘lib, kursni 22 nafar ingliz tili o‘qituvchilari yakunlashdi. Ularga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga xalqaro setifikatlar olish tartibi, shuningdek, “Tesol Asia International” kompaniyasining o‘quv dasturlari tanishtirildi.

E’tiborlisi, mazkur kompaniya hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkoligi yo‘lga qo‘yilgan, hozirda esa xalq ta’lim vazirligi bilan ham hamkorlik rejalari tuzilmoqda.


Ulashish:
1 307
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 150 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalar turar joylarida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari hamda universitet mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining mavjud holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, obodonlashtirish va tozalik...
“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.