Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/08/2023
Chop etish
JDPUda yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish uchun o‘tkaziladigan tanlovlar boshlandi.

Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko‘ra,  texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lgan edi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasida bo‘lish uchun esa:

texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5” (aʼlo) va “4” (yaxshi) bo‘lishi;

bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5” (aʼlo) bo‘lishi;

 

birorta “3” (qoniqarli) bahosi bo‘lmasligi kerak. Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Maktabgacha taʼlim yo‘nalishini imtiyozli bitirgan bitiruvchilar suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi suhbatda 6 nafar texnikumni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar ishtirok etishmoqda. Suhbat komissiyasi aʼzolari ishtirokida muhrlangan konvertdagi savollar ochildi va ishtirokchilarning har biriga savollarga tayyorlanish uchun 20 minut vaqt ajratildi.

 

Eslatib o‘tamiz, OTMga suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi


Ulashish:
1 201
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.