Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida sportga oid davlat siyosati ijrosi ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan universitetda sportni rivojlantirish holati o‘rganildi.

Ta’kidlash joiz, 2025/2026 o‘quv yilining o‘tgan davrida talabalar tomonidan 57 ta medallar (xalqaro musobaqalarda 18 ta (4 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza), respublika miqyosida 39 ta (9 ta oltin, 10 ta kumush, 20 ta bronza) qo‘lga kiritilgan. “Besh tashabbus olimpiadasi”da stritbol (qizlar) jamoasi oltin medalni, voleybol (erkaklar) jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritilgan.

“Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichida 12 ta sport turlarining (tennis va shaxmatdan tashqari) 10 tasidan final bosqichi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan.Joriy yilning aprel oyida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichida 7 ta sport turlari bo‘yicha 1059 nafar talabalar qamrab olingan.

Universitetda o‘tkazilgan Inklyuziv yoshlar sport festivalida 172 nafar imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida o‘tkazilib, 42 nafar talabalar rag‘batlantirilgan. Sport yo‘nalishida tahsil olayotgan 742 nafar talabalarning 44 nafari 19 ta sport turidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Universitetda 5 kunik ta’lim joriy etilib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Shanba-ijtimoiy faollik, sport va soglomlashtirish kuni etib belgilangan.


Ulashish:
629
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.