Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/10/2026
Chop etish
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya kiritish” shiori ostida “Qizlar forumi” tashkil etildi.

Forumda viloyat hokimi o‘rinbosari, universitet rahbariyati, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar, olimalar, tadbirkorlar hamda 500 nafardan ortiq talaba-qizlar, jumladan, “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda erta nikohning oldini olish, qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim olishi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Spikerlar ma’ruzalari tinglanib, talaba-qizlarning fikr va takliflari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Forum yakunida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan qizlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Madaniy chiqishlar tadbir dasturidan o‘rin oldi.


Ulashish:
42
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.