Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/12/2022
Chop etish
Inson qadri.

Mexr shafqat va salomatlik jamoat fondi Sharof Rashidov tumani bo‘limi bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti hamkorligida  “BIZ BIRGAMIZ” loyixasi yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Xayriya aksiyasi tashkilotchilari bu gal  Sh.Rashidov tumani, Qo‘shkuprik MFYida yashovchi bolaligidan  nogironligi bor, imkoniyat cheklangan  Xayot  O‘ktamov hamda Guli O‘ktamovalar xonadonida bo‘lishdi. Oliygohning professor-o‘qituvchilar hamda talabalari bolajonlarga Yangi yil munosabati bilan Qorbobo sovg‘alari va o‘quv qurollarini taqdim etishdi. Mehmonlar tashrifidan ko‘ngli shodlikka to‘lgan Xayotjon va Guli O‘ktamovalar e’tiborga javoban o‘z tashakkurlarini bildirishdi.


Ulashish:
1 262
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.