Universitet faoliyati
Universitet faoliyati
|
28/11/2022
Chop etish
“Faol mahallada inson qadri ulugʼ”mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.

“Faol mahallada inson qadri ulugʼ”mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qaror ijrosini taʼminash maqsadida Baxmal tumani “Muzbuloq” mahallasida “Faol mahallada inson qadri ulugʼ”mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani E.R.Hasanov, yoshlar ishlari boʼyicha dekan oʼrinbosari N.M.Karimov, fakulьtet professor-oʼqituvchilari N.I.Sharipova va Z.O.Karimovalar, fakultet talabalari, “Muzbuloq” mahalla fuqarolar yigʼini raisi S.Nurmanov, mahalla yoshlar yetakchisi M.Аvvalov, maktab direktorlari, maktab oʼquvchilari, uyushmagan yoshlari qatnashdi. Tadbir ushbu maktabning o’quvchilari hamda fakultet talabari tayyorlagan sahna ko’rinishlari hamda turli raqslari bilan ko’tarinki ruhda o’tdi.

Ulashish:
845
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...