Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
19/11/2019
Chop etish
Boshlang‘ich biznes ko‘nikmalari

“Boshlang‘ich biznes ko‘nikmalari ” Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi.

Yoshlarning  ayniqsa  bitiruvchi talabalarning jamiyatda munosib o‘rin topishi, mehnatga to‘g‘ri munosabatini shakllantirishda ularning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bandligini ta’minlash davlatimiz tomonidan doimiy e’tiborda. Yurtimizda  har yili o‘rtacha 500 ming nafar yigit-qizlar turli oliygohlarni bitiradi. Ularning bir qismi tahsilni davom ettirsa , qolgan qismi mehnat bozoriga kirib keladi. Shu bitiruvchilarining deyarli 50 foizini qizlar tashkil qiladi va ko‘p hollarda egallagan mutaxassislik  bo‘yicha ish o‘rnini topa olmaganligi yoki turmush tashvishlari  sababli  ishlamasdan uyda o‘tirib qolishadi. Jizzax davlat pedegogika instituti ARM majlislar zalida bo‘lib o‘tgan “ Boshlang‘ich biznes  ko‘nikmalari ” ikki kunlik o‘quv  seminari  ana shu maqsadda tashkil etildi. Viloyat xotin qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan  o‘quv seminarda oliygohning prof.ayol o‘qituvchilari va bitiruvchi talaba  qizlari ishtirok etishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

–  Oliygohni bitirib ishga joylasha olmay nima qilishni bilmay boshi qotgan qizlar ayna shu vaqtda  ro‘zg‘or va biznesni baravar yuritish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, oilada muomala-muloqotni to‘g‘ri olib borish, tadbirkorlik faoliyatining oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir qilmasligi uchun nima qilish kerak, oilaviy biznesni yuritishning afzalliklari, aynan genderlik yondashuvlarga asoslangan holda, shu va shu kabi mavzular doirasida o‘quv dasturlarini amalga oshirish zarurati kelib chiqdi, – deydi  Jizzax davlat pedagogika instituti xotin –qizlar masalalari bo‘yicha  mutaxassisi Ziyoda Abduvalieva , – Ushbu masalani hal etish maqsadida mana shunday   loyihalar  amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi bitiruvchi talaba  qizlarning ijtimoiy faolligi, o‘z hayoti uchun mas’uliyatini oshirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlashdir.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Turli mulohazalar va fikrlarga boy bo‘lgan ikki kunlik seminar yakunida qatnashchilarga sertifakatlar topshirildi. Aytish joiz,  bu kabi seminarlar ayollarimiz, ayniqsa, yosh qizlarimizni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy biznes va kasanachilik, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, ularning har tomonlama kamol topishi, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun tashkil etilgan.

                       Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 316
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.