Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/09/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari Aniq fanlar fakultetida davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida an’anaga aylanib ulgurgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Navbatdagi estafeta Aniq fanlar fakulteti talaba-yoshlariga yetdi. Bugun universitet hovlisi har qachongidan gavjum — sportchi talabalarning qaynoq ruhi, ularning g‘alabaga intilishi butun muhitni jonlantirdi.

Tantanali ochilish marosimini universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari B.Qo‘shmurodov ochib berdi. U o‘z nutqida talabalarga musobaqalarda faol ishtirok etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va g‘alaba uchun mardona kurashishni tiladi.

Shuningdek, fakultet dekani J.Ergashev ham ishtirokchilarga murojaat qilib, ularni bellashuvlarda faol qatnashishga, o‘z iste’dod va mahorati bilan fakultet sharafini munosib himoya qilishga chorladi.

Shundan so‘ng sport musobaqalari start oldi. Talabalar yengil atletika, voleybol, stritbol, mini-futbol va tennis turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlarga kirishib ketishdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport maydonida kuch sinash, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Ulashish:
1 087
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.
Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...