Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
06/03/2021
Chop etish
“Bahor kabi beg‘uborsan, muqaddas ayol” (Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi…)

Tadbirni oliygoh rektori prof.  Sh.S. Sharipov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirni 8 mart Halqaro xotin qizlar kuni biayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ayollar spartakiadasi” sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh professor o‘qituvchilar va xodimlar taqdirlash marosimi davom ettirdi. Ta’kidlash joiz ushbu sport musobaqalari voleybol, yengil atletika, stritbol, Shaxmat-shashka, Stol tennisi hamda Dats turlari bo‘yicha o‘tkazilgan edi. Institut kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sovg‘alar o‘z egalariga taqdim etildi.

Shundan so‘ng bayram Sa’nashunoslik fakulteti badiiy jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Ayolni, sadoqat va nazokatni  madh etuvchi kuy taronalar davraga o‘zgacha fayz kiritdi.

Ayol bilan go‘zaldir olam, buni tadbir davomida  dildan yayrab sho‘x taronalarga raqsga tushgan zebo sanamlar, diltortar kuylarga mast bo‘lgan lobar ayollar tabassumidan seezish qiyin emas edi.

Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,

Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol.

Bo’ling doim salomat siz baxtimizga,

Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.


Ulashish:
1 655
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...