Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2023
Chop etish
Universitetda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti 1-son talabalar turar joyida  sanʼatsevar talabalar ishtirokida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.      Tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shartga ko‘ra tanlov qatnashchilari gitarada kuy chalib berishsa, ikkinchi shartda gitara jo‘rligida qo‘shiq kuylashlari lozim.      Qatnashchilarning ishtiroki, ularning ijro etgan kuylari hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.

Talaba-yoshlari o‘rtasida talabalarni maʼnaviyatini yuksaltirish, estrada sanʼatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “ tashkil etilgan tanlov  yakunida ishtirokchilarga I, II, III darajali diplomlar hamda eng yaxshi ijrochiga Gran-pri topshirildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra talabalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.1-o‘rin Lochin Niyozqulovga, 2-o‘rin Bunyod Sayfullaevga, 3-o‘rin esa Nurbek Tishliqovga nasib etdi.


Ulashish:
1 406
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.