Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/05/2023
Chop etish
Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan olimpiadada talabalarimiz sovrindor bo‘lishdi.

Joriy yilning 24-28 aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida (IUHD) Turkmaniston va xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokidagi uchinchi ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2023) bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada A-kategoriya matematika mutaxassisliklari va B-kategoriya boshqa mutaxassisliklarda (nomutaxassis) yo’nalishda tahsil olayotgan oliy ta’lim talabalari o’rtasida tashkil qilindi. Olimpiadada Turkmaniston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari OTMlaridan 282 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Olimpiada individual va jamoalarga tayyorlangan topshiriqlar asosida 2 bosqichda olib borildi. Indivudual bosqichda 6 ta topshiriq 240 daqiqa va jamoaviy (4 nafar talaba) da 10 topshiriq 120 daqiqada bajarilishi talab qilinadi.

JDPU Matematika va informatika fakulteti jamoasi ham mazkur olimpiadada qatnashdi. Jamoa rahbarlari F.U.Sulaymonov, N.A.Ismatov boshchiligida ishtirokchilar Sh.Sh.Po’latov (2-bosqich magistr), M.I.Oltinbekova, N.O.Quvondiqova (3-bosqich bakalavr),D.J.Muhammadiyevalar (2-bosqich bakalavr) g‘oliblik uchun astoyidil kurashdilar.

Universitetimiz jamoasi olimpiadada munosib qatnashib A-kategoriya individual tarzdagi musobaqada Sh.Sh.Po’latov va D.J.Muhammadiyevalar 2 ta bronza medal sovrindori bo’lishdi. Talabalarimizni va fakultet jamoasini ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz.

Shuningdek olimpiada tashkilotchilari xususan, Turkmaniston davlati va Ashxobod shahrida Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti(IUHD) rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


Ulashish:
1 490
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...