Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/07/2023
Chop etish
Samarqandga sayohat tashkil etildi.

#ichki_turizm_

#O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil

Samarqandga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil   ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida  5 kun mobaynida Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida joylashgan ekologik bog‘larga shu bilan bir qatorda Yangiobod tumanida joylashgan «Xo‘jamushkent», G‘allaorol tumanidagi «Sa’d Ibn Abu Vaqqos» ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi.

 

Tashkil etilgan ushbu tashriflarda 300 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi Bugungi sayohat esa Samarqand shahriga tashkil qilindi. Oldingi sayohatlardan farqli o‘laroq bugungi sayohatda iqtidorli talaba yoshlar, turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etishdi.

“Tariximizni o‘rganamiz” shiori ostida tashkil etilgan bugungi sayohatda 60 nafardan iborat talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar qatnashmoqda. Sayohatchilar ayni paytgacha  qadimiy-tarixiy va hamisha navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, meʼmoriy obidalari Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Shohizinda tarixiy maskani. S.Ayniy uy muzeyi shu jumladan yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biri – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mangu qo‘nim topgan  “Hazrati Xizr” masjidi majmuasida bo‘lishdi.

Samarqand shahriga bo‘lgan bugungi sayohat “Samarqand Siti” boqiy shaharga bo‘lgan tashrif bilan yakun topadi.


Ulashish:
1 161
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.