Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2023
Chop etish
Rossiya Federatsiyasi  yozuvchisi Fyodor Razzoqovning «Sharof Rashidov: hayot va mamot» deb nomlangan kitob taqdimotiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyati axborot kutubxona markazi hamda Jizzax davlat pedagogika universtitetining “Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi hamkorligida Rossiya Federatsiyasi  yozuvchisi Fyodor Razzoqovning «Sharof Rashidov: hayot va mamot» deb nomlangan kitob taqdimotiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirni Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari  A.Savurbaev ochib berdi. Shundan so‘ng “Sharof Rashidov: Hayot va mamot” kitobi muallifi Fyodor Razzoqov asar haqida va uni yozishga turtki bo‘lgan voqelar xususida ishtirokchilarga batafsil hikoya qildi.

Konferensiyada shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqishdi. Konferensiya yuqori ilmiy saviyada o‘tkazildi va qatnashchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada shuningdek viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Iqbolxon Umarova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi raisi Mehribon Abdurahmonova, Jizzax davlat pedagogika universtitetining “Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistr talabalar, Jizzax viloyatidagi rus, tatar, tojik madaniy markazlaridan vakillar ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 152
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.