Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/05/2023
Chop etish
“Qadr topgan qadrdonlarimiz” mavzusida tarbiyaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

2023-yil 12-may kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakultetida  universitetning 50 yilligi oldidan ta’lim dargohimizda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan ustozlarimiz: Norxol Suvonqulova, Diloro Nusratova, Marhamat Bakieva, Farida Isroilovalarning mehnat faoliyati, ilmiy-ijodiy ishlari bilan bo‘lajak mutaxassislarni tanishtirish, ularning  hayot yo‘llarini talaba -yoshlarga ibrat-namuna sifatida ko‘rsatish maqsadida “Qadr topgan qadrdonlarimiz” mavzusida tarbiyaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda dastlab fakultetda ishlab, ijod qilgan, lekin bugun oramizda bo‘lmagan qadrli ustozlar – M.Mamayusupov, X.Jo‘raev, S.Esanqulov, N.Ismatov, B.Toshmurodov, R.Alibekova, A.Suvonqulov, Yo.Alimqulov, T.Mamatqulov, N.Usmonov, Q.O‘ralov, T.Mamatqulov, X.Shodiev, X.To‘raqulovlarning porloq xotirasi yodga olindi.

 

 

 

 

So‘ngra Norxol Suvonqulova, Diloro Nsratova, Marhamat Bakieva, Farida Isroilovalarning talabalar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustozlarning tengdoshlari, yelkama-yelka mehnat qilgan kasbdoshlari –Faniya Axmedshina, Umrzoq Jumanazarov, Ziyoda Abduvalieva, Muzraf Rabbimov, G.Xolboyeva, G.Jumanazarovalar, o‘qitgan, tarbiya qilgan shogirdlaridan –Halima Shukurova, Barno Boltaeva, Nilufar Xadjimusaeva, Dilshod Yunusov, Asliddin Xolboev, D.Farsaxonovalar qadrdonlarimizning eng yaxshi xislatlarini e’tirof etishdi, eng yaxshi voqeliklarni eslashdi. Ustozlarning bosib o‘tgan yo‘llari har birimizga ibrat bo‘lg‘usidir.


Ulashish:
967
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.