Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/01/2017
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov tavallud topgan kun 30 yanvar sanasiga bag‘ishlangan “Inson xotirasi muqaddasdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

      Joriy yilning 26 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika axborot-resurs markazi, institut Ma’naviyat bo‘limi,  Xotin- qizlar qo‘mitasi hamda  Jizzax viloyat televideniyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov tavallud topgan kun 30 yanvar sanasiga bag‘ishlangan “Inson xotirasi muqaddasdir”  mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Karimov Tadbir 2 Karimov Tadbir 1

Islom karimov tug'ilgan kun         Tadbirda institut axborot- resurs markazi xodimlari, institut Ma’naviyat bo‘limi, Xotin- qizlar qo‘mitasi hamda  Informatika yo‘nalishi professor–o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni institut Ma’naviyat ishlari prorektori dotsent  F.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Falsafa fanlari doktori, professor S.To‘ychieva I.Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti hamda faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Ikarimov Karimov Tadbir Karimov Tadbir 2 Karimov Tadbir 1

         Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Uzoqova so‘zga chiqib, I.Karimovning ta’lim sohasini isloh qilish va modernizatsiyalash yo‘lidagi sa’yi-harakatlari yoshlarning turli sohalarda mamlakatimiz va jahon miqyosida ulkan yutuqlarini qo‘lga kiritishda muhim omil bo‘lib xizmat qilganligini alohida ta’kidladi.

         Tadbirni Tarix o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi F.Axchaev davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning bunyodkorlik va yaratuvchanlik fazilatlari haqida gapirib, yurtimizda bunyod etilgan binolar, inshoatlar, madaniy maskanlar to‘g‘risida shuningdek, yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritdi va talaba-yoshlarni I.Karimovning faoliyat xronikasi bilan yaqindan tanishishga, uning asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini to‘la o‘rganishga chaqirdi.

         Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori dos.F.Ahmedov yakunlab, ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Ulashish:
1 405
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...