Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/07/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yili qabulining kasbiy (ijodiy) imtihonlariga start berildi.

Ayni paytda mas’ul nazoratchilar tomonidan abituriyentlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari belgilangan tartibda tekshirilib, imtihon binolariga kiritilmoqda.

Bugun, 6-iyul kuni jadvalga muvofiq Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha ilk imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Dastlab mas’ullar tomonidan abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi, baholash mezonlari va ichki tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etishga kirishdilar.

Imtihonlar o‘tkazilayotgan binolarda ijod ahli uchun barcha zarur sharoitlar to‘liq mujassam etilgan. Jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida kutish joylarida maxsus monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ota-onalar farzandlarining imtihon topshirish lahzalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri, jonli efirda kuzatib bormoqdalar.

 


Ulashish:
1 196
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.