Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/07/2026
Chop etish
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Parad Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bo‘ylab Jizzax jamoat salomatligi texnikumidan “Yoshlar shaharchasi”gacha harbiy orkestr sadolari ostida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tantanali ravishda olib o‘tildi.

Tadbirda Milliy gvardiya otliq bo‘linmalari, harbiy xizmatchilar, yoshlar, talabalar, sportchilar va keng jamoatchilik qatori Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati, tyutorlari, professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok etib, yurtimiz ramzlariga bo‘lgan hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon etdilar.


Ulashish:
570
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...