Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/07/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili yakunlari va yangi mavsumga tayyorgarlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan Kengashning navbatdagi 11-sonli majlisi o‘tkazildi

Majlis avvalida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy daraja diplomlari tasdiqlangan universitetning 7 nafar fidoyi pedagog-xodimlari e’tirof etildi. Xususan, oliygoh rahbariyati va Kengash a’zolari tomonidan tegishli ixtisosliklar bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) hamda filologiya, pedagogika, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan olimlar yuksak muvaffaqiyat bilan qutlanib, ularga diplomlar topshirildi va kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlariga zafarlar tilandi

Kengash ishida yakunlanayotgan o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy soha hamda o‘quv jarayonlarida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, universitet Kengashi qarorlari ijrosi, yangi qabul jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish, muassasa futbol klubi nizomini tasdiqlash hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy unvonlari va darsliklarini tegishli muvofiqlashtiruvchi kengashlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi va yakunda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi


Ulashish:
744
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...