Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/07/2026
Chop etish
Rasman: 1-iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar miqdori oshiriladi

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi miqdorlari bosqichma-bosqich 7 foizga oshiriladi.

🗓 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

  • Yoshga doir eng kam pensiya — oyiga 983 ming so‘m;

  • Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 mln 83 ming so‘m;

  • Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 504 ming so‘m;

  • Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam — 450 ming so‘m.

Bolalar nafaqasi (Ijtimoiy reyestrdagi oilalar uchun):

  • 3 yoshgacha bo‘lgan 1-farzand uchun — 386 ming so‘m;

  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1-farzand uchun — 295 ming so‘m;

  • 2-farzand uchun qo‘shimcha — 177 ming so‘m;

  • 3- va undan keyingi har bir farzand uchun — 118 ming so‘m.

🗓 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar ham 7 foizga oshiriladi;

  • Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) — 1 mln 360 ming so‘m;

  • Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 ming so‘m etib belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Oshirilish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti hamda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.


Ulashish:
1 069
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...