Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
10/05/2019
Chop etish
O’zbek tili va adabiyoti fakultetida  tadbirlarga boy haftalik bo`lib o`tmoqda

O’zbek tili va adabiyoti fakultetida yakuniga yetib borayotgan hafta ko`plab tadbirlar tashkil etildi, jumladan 2019-yil 6-may kuni O’zbek tili va adabiyoti fakulteti professor- o’qituvchilari va talabalari 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan 2-jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi.

Shu kunnig o`zida ya`ni 6-may kuni institutning Madaniyat saroyida O’zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovining institut bosqichida faol ishtirok etishdi.

2019-yil 7-may kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida o’zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan institut Talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mehribonim qaydasan» nomli spektakl tomoshasini ko’rishdi.

2019-yil 10-may kuni O’zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 19-martdagi «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish» bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 5-bandi ijrosini ta’minlash va 15-may «Xalqaro oila kuni» munosabati bilan «Xotin-qizlar manfaatlari – kafolatlangan» mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda jami 83 nafar professor-o’qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etishdi. Seminar Jizzax viloyat televideniesi orqali yoritildi.

 


Ulashish:
1 288
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.