Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
29/06/2019
Chop etish
Oliy majlis binosida tashkil etilgan «Yoshlar kelajak bunyodkori» mavzusidagi ochiq muloqot haqida

Poytaxtimiz Toshkent shahrida Oliy majlis binosida O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Yoshlar kuni munosabati bilan «Yoshlar kelajak bunyodkori» mavzusida ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Ochiq muloqotda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Jizzax viloyati vakillari ham ishtirok etdi va yil mobaynida o`zining faolligi bilan ajralib turgan yoshlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Jizzaxlik ishtirokchilar orasida bir nechta institutimiz xodimlari va talabalari ham bore di, jumladan informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi Sardor O`sarov, talabalar ichidan tabiiy fanlar fakulteti 1 kurs talabasi Shodiya Ixtiyorova, Fizika matematika fakulteti 2 kurs talabasi Dilmurod Rajabov va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Umrxol Po‘latovalarning ham ishtirok etdi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining o`tgan vaqt mobaynida bir nechta loyihalarida o`zining faollligi bilan ajralib turgan institutimizning  informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi Sardor O`sarov ham tadbirda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 631
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.