Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“Kitobxonlik haftaligi”tadbirlari

7 aprel – haftalikning 3-kuni axborot-resurs markazining Elektron axborot-resurslar bo‘limida Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari hamda Jismoniy madaniyat fakulteti hamkorligida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ta’lim taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Amaliy seminarni axborot-resurs markazi direktori R.Ishnazarova ochib, kitobxonlarni haftalikda faol ishtirok etishga, darsdan bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaasiga vaqt ajratishga da’vat etdi. Shundan so‘ng,  Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi  Ch.Ochilov axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonida xususan, pedagogika va psixologiya fanlarini  o‘qitishda tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi. Tadbir davomida ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi va talaba-yoshlarni mazkur adabiyotlarni mutolaa qilishga chaqirdi. So‘ngra, Elektron axborot-resurslar bo‘limi boshlig‘i G.Irgasheva ARMda zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi  to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, kitobxonlarga institut sayti www.jdpu.uz    va axborot-resurs markazi  www.lib.jspi.us  saytlari, bot va telegramm kanallari orqali axborot xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligi,  KerioControl tizimi orqali internetdan  foydalanishlarni nazorat qilish to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchi kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan turli mavzuga doir savollarga javob oldilar. Bahs-munozarada talabalardan Sh.Markaboeva, D.Xonazarova, D.Mirzarahimovalar  faol ishtirok etdi va axborot-resurs markazi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.     Shuningdek, shu kuni soat  14.00 da axborot-resurs markazining Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o‘quv zalida Chet tillar fakulteti Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi o‘qituvchisi A.Rustamov  hamda Kimyo va geografiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Men sevgan qahramon” mavzusida  badiiy mutolaa tashkil etildi. Tadbirni kafedra o‘qituvchisi A.Rustamov ochib berdi va kitobxonlikni targ‘ib qilish bugungi kunning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ARM xodimasi M.Bobonazarova so‘z olib,  talaba-yoshlarni vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va unumli  foydalanishga e’tibor qaratishlarini aytib o‘tdi. Badiiy mutolaa  Kimyo yo‘nalishining “Ilhom” jamoasi va Geografiya yo‘nalishining “Tafakkur” jamoasi o‘zaro bellashuvi tarzida olib borildi. Bellashuvda o‘qilgan badiiy asarlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy mohiyati, asar qahramonlarining xarakter-xususiyatlari to‘g‘risidagi savollar o‘rtaga tashlandi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozaralar va tortishuvlar bilan yakunlandi.  Bellashuv  hakamlarining xulosasiga ko‘ra,  Kimyo yo‘nalishining “Ilhom ” jamoasi                              136 ball to‘plab, badiiy mutolaa tadbirining g‘olibi bo‘ldi.  Tadbir yakunida  faol ishtirok etgan talabalar axborot-resurs markazi rahbariyati tomonidan  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.