Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/04/2023
Chop etish
 “Kitobxonlik haftaligi»da kitobsevarlar safi yanada kengaydi

 JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” ga start berildi.

Kitob do‘konlariga, yangi kitoblar bilan tanishishga fursati  bo‘lmayotgan, yangi nashrlardan boxabarlikni xush ko‘radigan talaba yoshlar uchun “Kitobxonlik haftaligi” ayni muddao bo‘ldi desak adashmaymiz. Hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi qarori bilan  har yili aprel oyida Jizzax davlat pedagogika unviersitetida “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bugungi tadbirga  universitet qoshidagi texnikumlar va akademik litsey  o‘quvchi va talabalari jalb etildi.

Soha mutaxassislari,  shoir va yozuvchilar va talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan tadbir kitoblar ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Taklif etilganlar yangi adabiyotlar ularning elektron variantlari bilan ham tanishib chiqishdi.Kitob bayramining ochilish marosimida bu yilgi tadbir ham shaklan, ham mazmunan o‘ziga xoslik kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yozuvchi va shoirlar bilan suhbat qurayotgan yoshlar, turfa kitoblar to‘la rastalarni birma-bir ko‘zdan kechirayotgan kitobxonlar, maqol va shiorlar, turli asar qahramonlari rasmlari tushirilgan bannerlarga o‘ziga xos ishtiyoq va qiziqish bilan boqib o‘quvchi yoshlarning  yuz-ko‘zida xurramlikdan, kayfiyatida ko‘tarinkilikdan bu yaqqol sezilib turibdi.

 

Bir hafta  davom etadigan bayramda mehmonlar uchun ko‘rgazmalarda bevosita ishtirok etish, kitob mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Taniqli shoir va yozuvchilar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, universitet faxriy professor-o‘qituvchilari ishtirokida mushoiralar, adabiy uchrashuvlar uyushtiriladi.

Bugungi bayram adabiyot bahori, she’riyat bahori, ezgulikning ajoyib tantanasidir. Bu jarayonda esa, albatta, tafakkur va tasavvur manbasi bo‘lgan noyob kitoblarning o‘rni tengsiz.

Ta’kidlash joiz haftalik doirasida e’tiborga molik ko‘plab yangi nashrlar taqdimotlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, haftalik doirasida tashkilotchilar tomonidan eng faol ishtirokchilarni taqdirlash, sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarni, kitob targ‘ibotchilari va ijodkorlarni rag‘batlantirish ham rejalashtirilgan. Bir so‘z bilan  aytganda, haftalik doirasidagi tadbirlar turfa. Ularning har biriga o‘ziga xos ta’rif berish qiyin emas. Ammo, fikrimizcha, haftalikda faol ishtirok etib, ularga jonli guvoh bo‘lganingiz ma’qul. Haftalik 10 aprelga qadar davom etadi. Biz sizni kutamiz!


Ulashish:
1 055
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.