Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2025
Chop etish
Jizzaxda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” tantanasi.

Jahon tantanalar maskanida 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan yorqin bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirga Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari taklif etildi.

Tantanani viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Savurbayev ochib berdi. U o‘z nutqida ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning mehnatini yuksak baholadi.

Shuningdek, universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ham so‘zga chiqib, ustozlar va murabbiylarni bayram bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida:

“Sizning mehnatingiz, sa’y-harakatingiz va fidoyiligingiz bilan universitetimiz yanada rivojlanib, kelgusi ikki yil ichida dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasidagi top-1000 ro‘yxatdan munosib o‘rin olishiga ishonaman”, deb ta’kidladi.

Shundan so‘ng taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayram arafasida davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faxriy yorlig‘i va ko‘krak nishonlari, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda universitet rektori tomonidan taqdim etilgan faxriy yorliqlarga munosib ko‘rilgan ustozlar tantanali ravishda taqdirlandilar.

Universitet badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Go‘zal tilaklar, samimiy tabriklar, sho‘x qo‘shiqlar va raqslar bayramona kayfiyatni yanada yuksaltirdi.

Ushbu shodiyona ko‘ngillarga zavq ulashdi. Bayram chin ma’noda bayramdek o‘tdi.


Ulashish:
1 887
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.