E’lonlar
E’lonlar
|
17/08/2021
Chop etish
Jizzaxda  magistraturaga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan test imtihonlari davom etmoqda.

Mazkur jarayonning  2 kuni ham karantin talablri asosida o‘tkazilmoqda. Jizzax davlat pedagogika instituti magistratura yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari institutning 5 ta Ma’ruzalar zalida  4 smenada tashkil etilgan. Talabgorlar karantin talablariga to‘liq amal qilingan holda  imtihon o‘tkaziladigan xonalarga belgilangan tartib-qoidalar asosida  kiritilayapti. Maqsad, test sinovlari o‘tkaziladigan hududda jamoat tartibini saqlash, imtihonning haqqoniy adolatli va shaffof tarzda o‘tishiga erishish.

Imtihonlar kuzatuv kameralari orqali jamoatchilikka havola qilingan holda xolislik va shaffof ruhda kechmoqdi. Jizzax davlat pedagogika isntitutida yangi o‘quv yili uchun magistratura bosqichida 20 ta yo‘nalish tashkil etilgan. Onlayn qabul davomida 2417 nafar talabgordan hujjat qabul qilingan. O‘tgan yili 18 ta yo‘nalish bo‘yicha hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa bu yil  fizika va pedagogika psixologiya  kabi  yangi yo‘nalishlar ochildi.

 

“ 2015 yilda Jizzax davlat pedagogika institutining  maktabgacha ta’lim yo‘nalishni  tamomlaganman, – deydi Maftuna Ahmedova  – Oliy ta’limdagi tahsilni magistratura bosqichida ham davom ettirish maqsadida  institutining Maktabgacha ta’lim  mutaxassisligiga hujjat topshirgandim. Test sinovlari shaffof o‘tishiga umid qilaman. Juda hayajondaman. Orzlarim ko‘p,  Magistratruni o‘z mutaxissiligim bo‘yicha bitirganimdan so‘ng ilmiy ish qilib, shu oliygohda faoliyatimni davom ettirmoqchiman”.

“2011 yilda shu oliygohning Xorijiy tillar fakultetini bitirganman. Ayni damda Jizzax  Sayiljoyi akademik litseyida o‘quvchilarga dars beraman.  Hozirgina test topshirib chiqdim. Taasurotlarim yaxshi, hammasi haqqoniy, adolatli o‘tkazilayapti. Niyatim o‘z yo‘nalishim bo‘yicha magistraturadi o‘qishimni davom ettirish. Bilimi bor,  o‘ziga ishongan inson albatta maqsadlariga erishadi”,-deydi biz bilan suhbatda O‘tkir Tilabov.

Qayd etish joiz,  Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarda  100 nafar turli guruhlarga bo‘lingan holda  (har bir xonada 2 ta guruh )  nazoratchilar  ishtirok etmoqda.

 

                                                                                                                                                                                                                   Jizax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 859
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.