Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2026
Chop etish
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuv yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularni harbiy-amaliy sport turlariga keng jalb etish hamda jismoniy va ma’naviy barkamolligini oshirishga qaratilgan.

Musobaqada viloyatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, ishtirokchilar belgilangan nizom asosida turli harbiy-sport sinovlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilib, jarayonlar mutaxassislar va tibbiyot xodimlari nazorati ostida o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi 2-o‘rin, Jizzax politexnika instituti jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblari respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
835
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.