Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakultetida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ota-onalar kengashining faoliyati haqida umumiy ma’lumot berildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarga grantlarni taqdim etish va ularni qayta taqsimlash tartibiga oid buyruq, nizom hamda ko‘rsatmalar bilan ishtirokchilar tanishtirildi.

 

Tadbirda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida ota-onalar va pedagoglar o‘zaro hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish, talaba yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishib oldilar.


Ulashish:
1 233
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...