Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni prorektor F.Akchayev olib bordi.

Dastlab yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari va universitetda shaffof muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu munosabat bilan universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorati” bo‘limi hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda fakultet va kafedralar faoliyati samaradorligini oshirish, talabalar bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida arizalar qabul jarayonini nazorat qilish, talaba-o‘qituvchilar ishtirokidagi turli tanlov va sport musobaqalarini faollashtirish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar haqida ma’lumotlar jadvalini yangilash, ingliz tili kurslarida professor-o‘qituvchilar ishtiroki va talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha ishlar ijrosi muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ulashish:
953
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.