Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va 25931-harbiy qism o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jizzax shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida joylashgan 25931-harbiy qism o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi – talabalarning chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish, harbiy fanlar va amaliyotlar bo‘yicha ta’lim jarayonini rivojlantirish hamda professional kadrlar tayyorlashdir.

Hamkorlik doirasida harbiy qismda o‘quv mashg‘ulotlari, ko‘rgazmali va amaliyot seminarlari, shuningdek, o‘quv jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlanadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va harbiy xizmatchilar birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlar o‘tkazishadi, talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanadi.


Ulashish:
1 945
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.