Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/04/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti ishlab chiqarish yig‘ilishi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Unda so‘zga chiqqan universitet rektori Sh.Shripov oliygohda qariyib 40 yildan beri Xotin –qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Z.Abduvalievaning shu davrga qadar Universitetda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, talaba qizlarni kasbga yo‘naltirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borgan samarali mehnati, yillar davomida o‘zining fidoyiligi, halol mehnati, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga vijdonan  yondoshganligini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida Z.Abduvalieva ko‘rsatilgan bunday ehtiromdan mamnun ekanligini, bundan keyin ham o‘z maslahatlari va ish tajribasi bilan shogirdlarga ko‘makchi bo‘lshiini aytib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Z.Abduvalievaning mehnatlarini e’tirof etgan holda, iliq tilaklari bildrishdi. Tadbir so‘ngida  Z.Abduvalievaga universitet rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 119
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.