Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/04/2023
Chop etish
JDPUda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Aprel oyidagi referendum arafasida Jizzax davlat pedagogika universitetida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Xuddi shunday tadbirlardagn biri universitetning “Kuyovboshi” MFYda joylashgan Matematika va informatika fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq depututlari viloyat kengashi deputatlari, JDPU professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlardan iborat faollar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari viloyat kengashi depututi Feruza Ne’matova  Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritib, barcha yoshlarni shu yil 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Tadbirda  shuningdek Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartishlar, yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda referendum o‘tkazish tartibi haqida ham  so‘z bordi.

Universitet badiiy jamoasi, iqtidorli talaba yoshlar  tomonidan «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o‘tkazilgan savol –javoblar, sahnaviy ko‘rinishlar va kuy-qo‘shiqlar  kutilayotgan Yangi Konstitutsiya referendumida faol bo‘lishga chorlovchi madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etayotgan ishtirokchilarga zavq bag‘ishladi.


Ulashish:
1 129
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.