Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2023
Chop etish
JDPU o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Xorijiy tillar fakulteti professor-oʻqituvchilari Muxamedov Azizbek, Safarova Dildora, Jurayeva Madina va Umarqulova Mahliyo Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida boʻlib o’tgan «4th International Conference on Education and Linguistics (ICEL) and Exhibitions» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, dotsent Azizbek Muxamedov va AQShlik professor Lori Wulf konferensiya  «An Investigation of Stress, Mindfulness, and Self- Efficacy Among English Language Learners at Universities in Uzbekistans» mavzusidagi maʼruzalari bilan taqdimot qilishdi. Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Madina Jurayeva o’zining «The Role of Feedback in Assessing English Language Learning» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.  Shuningdek, ushbu xalqaro konferensiyada Prof. Anthony J. Liddicoat, Christopher Vasiliou, Mr. Aidan Holland, Dr. Joyce Kling, Jamilya Gulyamova kabi bir qator xalqaro va milliy ekspert-trener va professorlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 229
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.