Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/06/2023
Chop etish
JDPU  “Brooke House College Football Akademy” futbol maktabi  bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Toshkentda Angliya metodikasi asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “Brooke House College Futball Akademy” nomidagi birinchi futbol maktabi O‘zbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qo‘shadi. Ushbu futbol maktabining Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Shuhrat Ernazarov boshchiligida murabbiylar, futbol yulduzlari bir necha marotaba oliygohda bo‘lib qaytishdi. Tashrif chog‘ida yosh sportchilarga mahorat darslari ham o‘tilgan.   Kuni kecha Shuhrat Ernazarov boshchiligidagi bir guruh murabbiylar Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad  “Brooke House College Football Akademy” futbol maktabi bilan hamkorlik memorandumimi imzolash. Talaba yoshlar o‘rtasida  sportning futbol turini ommalashtirish, Yevropa standartlari asosida dars mashg‘ulotlar o‘tish uchun imkoniyat yaratish, yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida imzolangan hamkorlik  memorandumi yaqin kunlarda o‘z mevalarni berishi shubhasiz .


Ulashish:
1 510
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.