Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2017
Chop etish
“Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim tarbiya masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2017 yil 30 may  kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan va Jizzax viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25 yanvar 2017 yildagi “Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaror ijrosiga qaratilgan  “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini  shakllantirish va ta’lim tarbiya masalalari” mavzusidagi  Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida 150 dan oshiq professor – o‘qituvchilar va 660 ta talabalar ishtirokidabo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro va boshqa viloyatning oliy o‘quv yurtlaridan jami 60 ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi.

Anjumanda akademik, fan doktorlari va yosh tadqiqotchi olimlar, magistrant va talabalar tomonidan 370 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarni o‘zida ifodalagan “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini  shakllantirish va ta’lim tarbiya masalalari” nomli to‘plam (658 bet)  taqdimoti  bo‘ldi.

Konferensiyaning yalpi majlisida – JizzaxDPI rektori A.Xolbekov, Turon fanlar akademiyasining akademigi, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori I.Karimov, Halqaro informatsion akademiyasining akademigi, Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senat azosi, Jizzax viloyat Xortin-qizlar qo‘mitasi raisi G.To‘raeva, O‘zbekiston milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori N.Shermuxamedova, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti professori, falsafa fanlari doktori G.Tulenova, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi – metodik markaz bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, professor V.Qo‘chqorov, Guliston davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi S.Ismoilov, Samarqand davlat chet tilar instituti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi M.Bozorov, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti dotsenti B.Boboyorov kabi ishtirookchilar maruza qilishdi.

 

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov nafaqat mustaqilligimiz asoschisi, yangi tanlagan yo‘limiz rahnamosi, mohir islohotchi,  shu   birga barkamol avlod tarbiyasiga yangicha yondashuvning chinakam tashabbuskori sifatida yangi tariximiz saxifalaridan joy oldi. Davlat arbobi I.Karimov tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, konseptual  fikrlar mamlakatimiz yoshlarini ma’naviy barkamol, mustahkam va faol  hayotiy  pozitsiyaga  ega  qilib  tarbiyalashda dasturul amal bo‘lib mamlakatimizda o‘ziga hos ta’lim – tarbiya  muhitini yaratdi. Konferensiyada davlatimiz birinchi rahbari tomonidan ilgari surilgan barkamol avlod tarbiyasiga oid vazifalarni ilmiy – nazariy,  amaliy va uslubiy nuqtai nazardan tahlil qilingani  muhim ahamiyat kasb etdi.

Konferensiyaning 4 ta shubasi kunning 2-chi yarmida o‘z ishini davom ettirdi.

“Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini  shakllantirish va ta’lim tarbiya masalalari” mavzusidagi  Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi ishi yakuni bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Ulashish:
6 160
Boshqa rubrikalarda mashhur

13–14-mart kunlari umumxalq hashari doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Unda barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, universitet hududlari, yo‘laklar va yashil maydonlarni tartibga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi.
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.