Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/06/2021
Chop etish
INSTITUT VA MAHALLA: Hamkorlik davom etmoqda….

Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti hamda sirtqi bo‘lim professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021 yil 8 iyun kuni Baxmal tumani Barlos MFYda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirni Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri X.Meliev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir mohiyati, Jizzax davlat pedagogika instituti faoliyati hamda Baxmal tumani Barlos MFYni bilan hamkorlik to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Qo‘shnazarov tadbir dasturi bilan tanishtirib o‘tdi.shundan so‘ng tadbir davomida Baxmal tumani XTB ga qarashli 31,32,56- maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovot” intelektual o‘yini, Sportning shashmat-shashka, boleybol turlari bo‘yicha musobaqalar hamda “Yosh kitobxonlar” tanlovi, Baxmal tumani Barlos MFY hududida joylashgan  “Ko‘zmunchoq gavxari” nodovlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan tanlovlar hamda 2 guruh nogironi, 7 sinf o‘quvchisi Hamdamov Nizomiddin holidan habar olindi.

Tadbir davomida Sirtqi bo‘lim musiqiy ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida barcha tanlov va tadbir ishtirokchilari diplom va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 054
Boshqa rubrikalarda mashhur

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.