Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2023
Chop etish
Huquqiy maslahatxona

Prezidentning 23.03.2023 yildagi “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi soddalashtiriladi. Bunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida – 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida, belgilanishicha:

  • Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
  • Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga faqat O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
  • sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2023 yildan kuchga kirdi.

Katta yuriskonsult A.Alikulov

 

 


Ulashish:
1 422
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...