Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/04/2023
Chop etish
“Hamkorligimiz ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonaman”,- deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Qozon Federal universiteti qoshidagi Yelabuga instituti direktori Yelena Merzon hamda oliygoh rektori Sh.Sharipov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv har  ikki  oliygoh faoliyatining tanishuvi bilan boshlandi. Tomonlar manfaatli kelishuvlar qatorida kelajakda Qozon Federal universiteti  hamda JDPU bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelishuvlar natijasiga ko‘ra hamkorlik memorandumini imzolash to‘g‘risida ham so‘z yuritishdi.

O‘zaro suhbat davomida universitet rektori Sh.Sharipov  Robototexnika va Mexatronika yo‘nalishi, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni ma’ruza o‘qishga taklif qilish, talabalar almashuvi, ularning  qisqa muddatli amaliyotlarini tashkil etish kabi  bir qator  takliflarni bildirdi.

Shuningdek muloqot davomida  Yelabuga instituti direktori Yelena Merzon   hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilash bilan bir qatorda, Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilarini Qozon Federal universiteti qoshidagi Yelabuga institutiga taklif etdi.

Uchrashuv do‘stona munosabatlar asosida yakunlandi. QFU qoshidagi Yelabuga instituti direktori Yelena Merzonga Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyatidan hikoya qilguchi ramziy sovg‘alar topshirildi.


Ulashish:
1 005
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.