Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2021
Chop etish
Hamkorligimiz doimiy bo‘lsin…

Xabaringiz bor kuni kecha  Jizzax davlat Pedagogika institutida Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan   “Zulfiya ijodi va adabiy badiiy merosining halqaro ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.

Zulfiya hamda H.Olimjon maktab internati tashabbusi bilan tashkillashtirilgan  Konferensiyada ishtirok etish uchun  jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar nafaqat yurtimiz, balki boshqa davlatlardan ham jo‘natildi. Jizzax davlat pedagogika institutidan ham 8 nafar professor –o‘qitvchilar ham bu xayrli ishdan chetda qolgani yo‘q. Konferensiyani muvaffaqiyatli o‘tishida ko‘makchi bo‘lgan, ilmiy maqollari bilan ishtirok etgan bir necha professor-o‘qituvchilarni taqdirlash va ularga sertifikatlarni taqdim etish maqsadida Zulfiya hamda H.Olimjon nomidagi maktab interenat vakillari Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lishdi.

“Hamkorligimiz doimiy bo‘lishini istayman,-deydi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov, biz raqobatchi emasmiz, aksincha  sizning maktab internatingiz va bizning oliygohimiz bir-birini to‘ldirib turadigan maslagi ham, maqsadi ham ezgu ta’lim muassalaridir. Jizzax davlat pedagogika instituti biz bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan barcha tashkilot va idoralar uchun hamisha ochiq.Xuddi shunday siz ijod maktabi uchun ham.Keling birgalashib  ijodkor yoshlarni birlashtiraylik, hamkorligimiz faqat tadbir o‘tkazish bilan cheklanib qolmasin, doimiy bo‘lsin va amalda o‘z mevalarini ko‘rsatsin ”

 

 

Qisqa, ammo hahayajonli uchrashuvni maktab internati jamoasi taqdirlash qismi bilan davom ettirishdi. Dastlab oliygoh rektori prof Sh.Sharipovga ijodiy hamkorlik uchun jamoa rahbarining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng ilmiy konferensiyada  maqolalari to‘plamga kiritilgan  dos. A. Musaev hamda S. Mamayusupovalarga sertifakatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 


Ulashish:
933
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.