E’lonlar
E’lonlar
|
26/01/2026
Chop etish
E’LON.

Jizzax davlat pedagogika universitetida uyushmagan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurslari uyushmagan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘quv kurslari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:

  • Kompyuter savodxonligi

  • Kompyuter grafikasi

  • Ingliz tili

  • Koreys tili

  • Nemis tili

  • Tikuvchilik va dizayn

  • Duradgorlik (mebel ishlab chiqarish)

  • Qandolatchilik

Mazkur kurslarga Jizzax viloyati hududlaridagi uyushmagan yoshlarni jalb etish, kurslar bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish hamda tinglovchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.


Ulashish:
1 248
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.