E’lonlar
E’lonlar
|
27/08/2024
Chop etish
E’lon.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari diqqatiga.

Hurmatli talabalar ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishlaringiz talab etiladi.

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat) 4 ta nusxasi;
3. Attestat yoki diplom, ilovasi asli (2 ta  nusxasi);
4. IELTS sertifikati asli (mavjud bo‘lsa);
5. 3,5×4,5 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
6. Nogironligi to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (mavjud bo‘lsa);
7. Harbiy tavsiyanomaning asl nusxasi (barcha turdagi);
8. Abituriyent ruxsatnomasi;
9. Javoblar varaqasi;
10. Dekanat va bo‘lim uchun talabaga tegishli barcha hujjatlarning nusxalarini olib qolishingiz tavsiya etiladi;
11. А5 shaklidagi konvert;

Eslatib o‘tamiz: Hujjatlar har kuni (dushanbadan-shanbagacha) soat 8:00 dan 18:00 gacha fakultetlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan qabul qilinadi.

Ulashish:
567
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.