Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2023
Chop etish
“Bo‘lajak o‘qituvchi maktabda  ustozni yonida bo‘lishi kerak” –deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Jizzax shaxridagi 10-umumta’lim maktabida “Malakaviy amaliyot va uning foydali jihatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-sida”gi PQ-289-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahar  10-umumta’lim maktabida o‘tkazilayot-gan “ Malakaviy amaliyot va uning foydali jihatlari” nomli seminari Maktabda amaliyot o‘tayotgan bitiruvchi kurs talabalarining Ona tili, biologiya, kimyo, fizika fanlaridan ochiq darslarni kuzatish bilan boshlandi. Ta’kidlash joiz Jizzax shahar 10-sonli maktabda bugungi kunda jami universitetning 206 nafar 2-3-4-bosqich talabalari  4+2 tizimi bo‘yicha malakaviy       amaliyot o‘tash uchun biriktirilgan. Mazkur talabalarning 53 nafari bitiruvchi kurs talabalaridir.

“Bo‘lajak o‘qituvchi maktabda ustozni yonida bo‘lishi kerak, 4+2 tizimining g‘oyasi ham shu aslida”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov. Seminarimiz   Maktabda amaliyot o‘tayotgan bitiruvchi kurs talabalarimizning ochiq darslarnin kuzatish билан boshlandi. O‘quvchilarga dars o‘tayotgan talabalarimizning ishtiyoqi baland, intilish bor, shu bilan birgalikda ulardagi kuchli hayajon ham sezilib turibdi. 4+2 tizimi bo‘lajak o‘qituvchida аna shu hayajonni yengish uchun ham xizmat qiladi. Uni tarbiyalaydi. O‘ziga bo‘lgan ishonchini o‘stiradi.

Bugungi kunda  Universitetda amaliyot o‘tash joylarida “4+2” tizimida amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun tizimga moslashtirilgan “Amaliyot kundaligi” yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi.

Talabalarning amaliyot o‘tash joylriga borishlarini va amaliyotga qatnashayotganliklarini nazoratga olish maqsadida Jizzax shahar maktablariga Finger print moslamasi o‘rnatildi va bu qurilma bugungi kunda ishlamoqda.

Shu bilan birga talabalarning amaliyotini nazorat qilish va baholash uchun “jurnal.jlpu.uz” hamda “talaba.jlpu.uz” platformalari yaratildi va amaliyotga ta qadim etildi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar  tizimdagi yutuqlar xususan 10 umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar viloyatimizdagi 500 dan ziyod barcha umumta’lim maktablarida ham mana shu tartibda yo‘lga qo‘yilsagina ko‘zlangan maqsadlar amalga oshirilishi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirshdi.


Ulashish:
1 242
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.